Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Viloyatimizda tadbirkor va ishbilarmonlarning o‘z faoliyatlari davomida yuzaga kelayotgan muammolarga yechim topish hamda yangi istiqbolli g‘oya va takliflarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida viloyat hokimligida navbatdagi “Hokim va tadbirkorlar” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Shu kunlarda viloyatimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan “Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” shiori ostida keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bayram tadbirlari yangi shaklda, xalq kayfiyatiga hamohang, ko‘tarinki va ta’sirchan ruhda tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning joriy yil 12 yanvardagi Farmoniga binoan Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 26 yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhi orden va medallari bilan mukofotlandilar. Taqdirlanganlar orasida, jumladan, viloyatimizdan quyidagilar bor.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirish, ularning odil sudlovga erishish darajasini, sud ish yurituvi samaradorligi va sifatini oshirish, nomzodlarni tanlash va sudyalik lavozimiga tayinlash tizimini yanada takomillashtirish sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim yo‘nalishlari sifatida mustahkamlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan nomzodlarni tanlash va sudyalik lavozimiga tayinlash tizimini tubdan takomillashtirish, sudyalarni mazkur tizimda ishtirokini kengaytirish bo‘yicha tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Namangan muhandislik-qurilish institutida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil  topganligining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mening do‘stim – Vatan himoyachisi” shiori ostida navbatdagi videokonferensiya o‘tkazildi.

Namangan shahri va tumanlar bandlikka ko‘maklashish markazlariga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi tomonidan 12 ta “Damas” avtomobili topshirildi. 

 

Arxiv

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech