Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namangan viloyati hokimining 2019 yil 10 dekabrdagi 875-qarori bilan Namangan viloyati hokimligining Ahborot-tahlil guruhi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Muxammad Haydarov Abduxaqimovich viloyat iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Namangan viloyati hokimining 2019 yil 6 dekabrdagi “Viloyat hokimligining axborot xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 862-sonli qarori bilan, viloyat hokimligida mavjud axborot xizmatiga qo‘shimcha ravishda 2 shtat birligidan iborat Axborot xizmati sho’basi tashkil etildi.

Konstitutsiyamizning 27 yillik shodiyonasi  arafasida O‘zbekiston Prezidenti tomonidan qabul qilingan avf  munosabati bilan mahkumlarning o‘z oilalari bag‘riga qaytarilishi ularga bayramga munosib sovg‘a bo‘ldi. Bu voqea yurtimizda olib borilayotgan insonparvarlik siyosatining, xalqimizga xos bag‘rikenglik, kechirimli bo‘lish, olijanoblik va mehr-muruvvat ko‘rsatish kabi ezgu fazilatlarning amaliy ifodasidir.

2019 yil 10 dekabr kuni Matbuot uyida viloyat hokimligi Axborot xizmati tomonidan “Atrof-muhit tozaligi, chiqindilarni olib chiqib ketish, obodonlashtirish” masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Bugun Namangan shahridagi “Pahlavon” majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi qabul qilinganining 27 yilligi bayrami munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.

Tadbir avvalida davlatimiz madhiyasi yangradi. Xalqimizning ulug‘vor taronasi tadbirga yig‘ilgan minglab namanganliklar jo‘rovozligida kuylandi.

Amaliy tashrif bilan Yaponiyada bo‘lib turgan Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Okibjon Inomov Xirosima shahrida “Balcom” kompaniyasi prezidenti Tetsuro Yamasaka bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda o‘zaro hamkorlik aloqalarining muhim yo‘nalishlari muhokama qilindi. Namangan viloyatning investitsiya, eksport hamda turizm sohalaridagi salohiyati haqida ma’lumot berildi.

Namangan viloyati delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi doirasida Xirosima shahri meriyasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech