Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


28 noyabr kuni Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining kichik majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 25 oktyabrdagi “Qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, kengaytirilgan o‘quv seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Seminarda NSITH boshqarmasi, viloyat qishlok xo‘jalik boshqarmasi boshliqlari, Suv xo‘jaligi vazirligidan viloyatga beriktirilgan vakillar, manzilli dasturga kiritilgan 2020 yilda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etadigan 200 dan ortiq fermer xo‘jaliklari rahbarlari, klasterlar, respublikada ko‘zga ko‘ringan tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etayotgan “Green Agro” MCHJ, “Agroflast montaj servis” MCHJ, “EKO Drip”, “Agro Drip”, “Omad Start” va boshqa quruvchi pudratchi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech