Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


28 noyabr kuni Namangan viloyati televideniesida bugungi kunning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan “Ochiq muloqot” bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbarining boshchiliklarida tadbirkorlik va kichik biznesni joylarda yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishlarida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan uchrashuvda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Ayubxon Kamalov, viloyat hokimi o‘rinbosari Bahromjon Nurmatov, shahar va tumanlar hokimlari, Bosh vazir qabulxonasi viloyat hududiy bo‘linmasi mudiri, viloyat prokuraturasi va ichki ishlar boshqarmasi hamda viloyatdagi iqtisodiyot sektori bilan aloqador boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar. Muloqot chog‘ida tadbirkorlik va kichik biznesni joylarda yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni aniqlash va ishga solish bo‘yicha viloyatda ko‘rilayotgan choralar hamda bajarilishi talab etiladigan dolzarb vazifalar keng muhokama qilindi. Uchrashuvda shuningdek, viloyat aholisi uchun ahamiyatli bo‘lgan mavzular – un va non mahsulotlari narxlarining erkinlashtirilgani va bu borada narxlarning oshib ketmasligini ta’minlovchi omillar, shuningdek qishloq va shaharlarda aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar yuzasidan ham batafsil so‘z bordi.
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech